Paxtakor tumanida fermer xo‘jaligi xodimi 42 tup qayrag‘ochni noqonuniy kesib ketgani aniqlandi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 224 mln so‘mlik zarar yetdi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 64 tup qarag‘ay daraxti noqonuniy ravishda tag qismidan kesib, olib ketilgani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi buni qilgan fuqaro 1 mln 350 ming so‘m jarimaga tortilgani va o‘simlik dunyosiga 1 mlrd 575 mln so‘m zarar yetkazganini ma’lum qildi.
3 fevral kuni poytaxtning Yunusobod tumanida tadbirkor qurilish uchun sotib olgan yer uchastkasida o‘sayotgan daraxtlarni tag qismidan betonlab tashlagandi. Yunusobod tuman prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Gumonlanuvchilar maksimum 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomuradov payshanba kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi daraxtlar tagi bilan betonlab tashlangan holatni o‘rgandi. Natijada Ekologiya qo‘mitasi, Ekopatrul va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida mazkur hududda 24 soat nazorat o‘rnatilishi belgilandi.
Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan viloyat perinatal markazi hududidagi 12 tup daraxt kesildi. Daraxtlarning kesilishi Ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilmagan. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov daraxtlarni kesishga buyruq berganini hokimlik matbuot xizmati rad etdi.
1 apreldan boshlab daraxtlarni noqonuniy tarzda kesish holatlari tasvirlangan foto va videolarni birinchi bo‘lib yuborgan shaxslarga BHMning bir baravari (270 ming so‘m) miqdorida pul mukofoti to‘lab beriladi. Huquqbuzarlik haqida xabar berganlarning ma’lumotlari oshkor qilinmaydi.
Prezident farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi. Jarimalar besh baravarga, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa ikki baravarga oshirildi. Qolaversa, daraxtlarni har qanday holatda kesish yoki yo‘q qilish to‘g‘risida hukumat farmoyishlari va hokimlar qarorlarini qabul qilish taqiqlandi.
O‘zbekiston shahar va qishloqlarini chang-to‘zonli tuman qopladi. Bunday paytda ochiq havoda bo‘lish sog‘liq uchun xatarlidir. Ayni paytda mamlakatdagi daraxtlar va yashil bog‘lar, dalalar, ko‘l va daryolar najot so‘rab iltijo qilmoqda. Agar ularning gapirishga zaboni bo‘lganida, bizga nima degan bo‘lishardi? Botir Qobilov ruknida shu haqda hikoya qilinadi.
Qarshi shahar hokimligi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijobiy xulosasini olmasdan turib, 47 tup ko‘p yillik daraxtni kesib tashladi. Tabiatga yetkazilgan zarar 253,5 mln so‘m deb baholanmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020 yilda noqonuniy daraxt kesilishi bilan bog‘liq jami 3 960 ta huquqbuzarlik aniqlanganini ma’lum qildi. Noqonuniy daraxtkesarlarning 136 nafari mansabdor shaxs bo‘lgan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining xulosasisiz, Qarshi shahar hokimligi tomonidan 10 gektar maydonda kichik sanoat zonasini barpo etish uchun 2874 tup daraxt noqonuniy kesildi.
Daraxt kesishga joriy etilgan moratoriy muddatini 2021 yil oxirigacha uzaytirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni 3 yil parvarishlash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Sirdaryo viloyatida fermer ko‘rsatmasi bilan 7 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 113 mln so‘mga baholandi.
O‘rmon va daraxtlarga zarar yetkazish va ularni kesish, ekinlarni yo‘q qilish uchun jarimalar miqdori 50−100 BHM dan 100−150 BHM gacha oshirildi. Shuningdek, yuridik shaxslarga qarashli yoki biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va asrab-avaylash choralari ko‘rilmaganligi uchun javobgarlik joriy etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting